Ko'ngil - Шохрух

Ko'ngil - Шохрух

Альбом
Yoron Ey
Год
2020
Язык
`Uzbeque`
Длительность
233450

Abaixo está a letra da música Ko'ngil , artista - Шохрух com tradução

Letra da música " Ko'ngil "

Texto original com tradução

Ko'ngil

Шохрух

Charchadim maqsadsiz yashash tarzidan

Aqlim uzra sarhadlarimning zabt etilganidan

Man huddi qulman, nafsimga arzon sotilgan

Huddi mahbusman, o’limga hukm qilingan

To’g’ri deb bilib havoi-safoni

Unutdim qalbim qo’rg’onini

Har bir harakatim yaratdi o’zimga qarshi bo’lgan qurolni

Unutdim yana nafs degan dushmanning hiylasini

Aqlimni asir oldi, har turga solib holatimni

Sog’inmadim oddiyona beg’ubor hayotimni

Sukut saqlamoq yo yana savollar bilan tutilmoq

Hammasi chalkashib ketdi bekorga

G’animatimni topshirdim nafs degan dushmani hiylasiga

O’zim esa shunchaki qulman unga

Nuqta qo’ygim kelardi hammasiga

Ammo ko’ngil yana u, yana man, yana u

Xatolardan bo’lak nelar qoldi manda?

Ko’ngil yana u, yana man, yana u

Singan haqiqatdan bo’lak nelar qoldi ko’nglimda?

Negadir dilimni og’ritadigan so’zlarni

Ko’pligidan chalkashdim

Har bir so’zlar tikan kabi botadi qalbimga, yuragimga

Gar yetmay qolsachi umrim?

Balki ertaga ohirgi bekat, ulgurishim kerak

Har hil holatdagi yaxshi amallarga

Gar nazar tashlasam razolatu xiyonatdan

Boshqa hech narsa ko’rinmas ortimda

Tobora iste’moli zinoyu safodan

Ularning oldida o’zim bosh egdim

Lek yurak egmadi, u yana mag’rur edi

U bir insonni deb urar edi

Man esa ranjitdim kimlarni deb uni

Man bosh egmadim yurak esa egdi

Man mag’rur edim yuragim esa sevardi

Yu-yuragi sevardi

Ko’ngil yana u, yana man, yana u

Xatolardan bo’lak nelar qoldi manda?

Ko’ngil yana u, yana man, yana u

Singan haqiqatdan bo’lak nelar qoldi ko’nglimda?

San ayt, nega ketding?

San ayt, mani kimlarga alishding?

San ayt, yana nelarni istardi bu ko’ngling?

San ayt, nega endi qaytding?

Ayblama san mani

Hamma ayb jilovi yo’q nafsingda

Hamma ayb o’zingda

Man esa kutardim

Sani ko’z yoshlar bilan ko’zlarimda

Bedor tunlarimda

Do’st bilib sabrni tunlarim uzun kunlarimdan

San esa hatlab o’tding beayb tuyg’ularim ustidan

Nafsingni deb yuz o’girding jonim mandan

Orada sevgi uvol ovora

Ko’nglim esa parcha bo’lib ming bora

Barglar to’kilib kelsa kuz eslagin mani

Yog’ib oppoq qor kelsa qish eslagin mani

Mais de 2 milhões de letras

Músicas em diferentes idiomas

Traduções

Traduções de alta qualidade para todos os idiomas

Busca rápida

Encontre os textos que você precisa em segundos